Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Madaniyat-san'at

Endi u Jek Chittak emas: Jonni Depp yangi film uchun tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi

Muharrir 16.04.20251 daqiqa o'qiladi
Pochta :29

Ijtimoiy tarmoqlarda Gollivud aktyori Jonni Depp bosh rolni o‘ynagan “Day Drinker” (“Mastlik”) filmidan birinchi kadr paydo bo‘ldi.

Suratlarda Jek Chittak obrazi bilan tanilgan Gollivud aktyori tanib bo‘lmas darajada o‘zgarganini ko‘rish mumkin. U o‘zining o‘zgarishi bilan muxlislarni hayratda qoldirdi: uzun oq sochlar, qalin soqol va hatto rangli linzalar yangi filmga qiziqishni yanada kuchaytirdi.

Yangi film kruiz bar ishchisining sirli restoran xodimi bilan kutilmagan tanishuvi haqida hikoya qiladi. Ikkala qahramon ham jinoyatga aralashib qoladi. Filmda Deppga Penelopa Krus hamrohlik qiladi. Kutilayotgan bestseller 2026-yilda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilning may oyida Jonni Deppning sobiq rafiqasi Ember Xerd ajrashish uchun ariza berdi va uni zo‘ravonlikda aybladi. Gollivud yulduzi barcha ayblovlarni rad etib, ular yolg‘on va moliyaviy foyda olish maqsadida ekanligini taʼkidladi. 2022-yilning yozida sud aktrisani aktyorga nisbatan tuhmat qilishda aybdor deb topdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *