“Paxtakor” Osiyo chempionlar ligasi Elit 5-turida Jiddada Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga 0:2 hisobida yutqazdi.
Professional futbol ligasi ma’lum qilishicha, mezbonlar 7-daqiqadayoq Muhannad Al Shanqitining goli bilan oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 47-daqiqada Jorj Ilenikena hisobni 2:0 ga yetkazdi.
Bu “Paxtakor”ning turnirdagi uchinchi mag‘lubiyati. AFC jadvaliga ko‘ra, besh o‘yindan keyin toshkentliklarda ikkita durang va 2 ochko bor, jamoa G‘arbiy zonada hozircha 15-o‘rinda turibdi. Turning boshqa o‘yinlari hali yakunlanmagan.
“Paxtakor” keyingi o‘yinini 7-dekabr kuni Eronning “Traktor” klubi bilan o‘tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:45 da boshlanadi.




