Asosiy matnga o'tish
25-Noyabr, Chorshanba
Huquq va xizmatlar 1 daqiqa o'qish

Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Qoʻqonda 9-sinf oʻquvchisi profilaktika inspektorini pichoqladi

Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrida 9-sinf o’quvchisi bo’lgan 16-yoshli yigit profilaktika inspektorini pichoqlagan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Inspektor og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bolaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ ⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

18-fevral kuni Qoʻqon shahar 1-son IIB “Sadoqat” MFY profilaktika inspektori oʻzi xizmat olib boradigan mahalladagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro M.R.ning (gumondorning buvisi) chaqiruvi asosida uning uyiga borgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shu vaqtda 16 yoshli Oʻ.Oʻ.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ xizmat vazifasini bajarayotgan profilaktika inspektori bilan yashash xonadonining oshxonasida oʻzaro janjallashib qolgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Janjal vaqtida voyaga yetmagan fuqaro IIO xodimining koʻkrak qafasi orqa chap tomoniga oshxona pichogʻi bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Inspektor ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan J.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, u Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan Qoʻqon shahar prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.⁠⁠‌‌⁠‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Abrambek Azimov
Muallif
Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Google qidiruvidagi “Asosiy yangiliklar” bo‘limida Jarayon xabarlari sizga birinchi bo‘lib chiqsin.

Google’da afzal manba qilish