Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Yangi Bankʼning litsenziyasi bekor qilindi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qaroriga muvofiq, “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi.

 

Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, shuningdek, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi.

 

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi hamda “Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida”gi qonunlarga muvofiq, bank faoliyatini oʻrnatilgan tartibda tugatish belgilandi hamda tugatish komissiyasi tayinlanib unga tugatish ishlarini boshqarish vakolatlari oʻtkazildi.