Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 12 012.30 −32.42 EUR 13 466.99 −58.03 RUB 145.33 −0.13

Aholi va qishloq xo‘jaligini onlayn roʻyxatga olish bosqichi boshlandi

2025-yil 15-yanvar kuni soat 00:00 dan Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirining birinchi bosqichi rasman boshlandi.

 

Mazkur bosqich doirasida 17 kun davomida fuqarolar census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

 

Onlayn roʻyxatdan oʻtish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, xorijda vaqtincha boʻlib turgan vatandoshlarimiz uchun ham mavjud boʻlib, ular istalgan joyda yagona identifikatsiya tizimi orqali roʻyxatdan oʻtish imkoniyatiga ega.

 

Talabalar o‘zlari o‘qish davomida yashab turgan manzilda (aholi punktida) ro‘yxatdan o‘tadilar.

 

Agar talaba oliy ta’lim muassasasi yotoqxonasida yashasa — u holda shu yotoqxona manzili bo‘yicha ro‘yxatga olinadi.

 

Agar talaba ijara uyda yoki qarindoshining uyida yashasa — u holda ayni shu manzil bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Bu qoida barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga taalluqlidir.