Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 12 012.30 −32.42 EUR 13 466.99 −58.03 RUB 145.33 −0.13

102 ga qo’ng’iroq qilib, Donald Tramp ustidan shikoyat qilgan erkak jarimaga tortildi

Jinoyat ishlari boʻyicha Bektemir tuman sudida Toshkent shahar IIBBga Donald Tramp ustidan ariza bilan qoʻngʻiroq qilgan fuqaroga nisbatan ish koʻrib chiqildi, deb xabar bermoqda UzNews.uz muxbiri sud qaroriga tayanib.

 

Ish materiallariga koʻra, erkak mast holatda Toshkent shahar IIBBning 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib, AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan arizani qabul qilishni soʻragan. Uning maʼlum qilishicha, Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni oʻgʻirlab ketgan va u Oq uyda yashashini aytgan.

 

Erkak oʻz xatti-harakatlari bilan maxsus xizmatlarni aldab chaqirib, jamoat tartibini buzgan. Shuningdek, u surishtiruv ishlari olib borish uchun ichki ishlar organlari xodimlarining IIB binosiga borish haqidagi qonuniy talablarini bajarmagan.

 

Sud majlisida huquqbuzar oʻz aybiga iqror boʻlib, spirtli ichimlik isteʼmol qilganini va oʻzi nima deb murojaat qilganini eslay olmasligini maʼlum qildi. Shuningdek, u oʻz xatti-harakatlari qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini anglamaganini aytdi.

 

Sud qarori bilan u MJtKning 199-moddasida (ixtisoslashtirilgan xizmatlarni bila turib yolgʻon chaqirish) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga BHMning 3 baravari (1,23 mln soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.