Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 12 012.30 −32.42 EUR 13 466.99 −58.03 RUB 145.33 −0.13

O‘zbekistonda bolaga ota ismini familiya sifatida foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

Mazkur qonun loyihasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada kengaytirish, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, ilgari qonuniy imkoniyati bo‘lmagan ota ismini bolaga familiya sifatida berish amaliyotini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

 

Shuningdek, “O‘zarxiv” agentligi tizimini optimallashtirish, arxivning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimining huquqiy asoslarini belgilash ko‘zda tutilyapti.

 

Loyiha bilan litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish tartibi ham soddalashtirilib, 3 oygacha o‘tish va moslashish davrini belgilaydigan “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimini joriy etish aks etmoqda.