Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 965.51 −46.79 EUR 13 437.27 −29.72 RUB 145.96 +0.63

Qozog’iston hukumati 16 yoshgacha bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklamoqchi

Jarayon.uz 6

Qozog‘istonda 16 yoshdan kichik foydalanuvchilarning onlayn-platformalarda ro‘yxatdan o‘tishini taqiqlovchi qonun loyihasi tayyorlandi. Hujjatni Madaniyat va axborot vazirligi ishlab chiqqan, deb xabar beradi Tengrinews.kz.

 

Shu tariqa, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga videoxostinglar, ijtimoiy tarmoqlar, kontent platformalari va o‘xshash saytlarida akkaunt yaratish mumkin bo‘lmaydi. Ma’lumotlarga ko’ra, messendjerlar bundan mustasno.

 

Bu qarorga kelishdan maqsad sifatida quyidagilar ko’rsatilgan:

 

  • bolalarni onlayn platformalarda tarqaladigan zararli yoki noqonuniy kontentdan himoya qilish,

  • internetdagi distruktiv kontent uchun platformalarning javobgarligini qonuniy tartibga solish.

 

Qonun loyihasi juda keng ko‘lamli bo‘lib, turli qonunlarga 80 dan ortiq o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z ichiga oladi.

 

Vazirlik hisob-kitoblariga ko‘ra, ushbu tuzatishlar:

 

  • noqonuniy kontent hajmini kamaytiradi;

  • internetda bolalar himoyasini kuchaytiradi;

  • mahalliy va xorijiy raqamli bozor ishtirokchilari uchun teng sharoit yaratadi;
  • onlayn-platformalar va OAVga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.

 

Ushbu qaror parlament tomonidan qabul qilinib, Prezident tomonidan imzolangach, qonun rasmiy chop etilganidan 60 kun o‘tib kuchga kiradi.

 

2024-yil 12-noyabr kuni Majlis deputati Asxat Aymagambetov ijtimoiy tarmoqlarga ro‘yxatdan o‘tish uchun yosh bo‘yicha cheklov o‘rnatish taklifini bergan edi. Gap ayniqsa Qozog‘istonda bolalar va o‘smirlar orasida juda mashhur bo‘lgan TikTok va Instagram haqida ketgan.