Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 897.90 +51.33 EUR 13 336.36 +95.45 RUB 140.18 +1.23

“2 ta qalampir 2 mlrd so‘m”. Navoiyda sud soliq cheki bo‘yicha xatolik uchun tadbirkor foydasiga qaror chiqardi

photo 2025 10 30 11 39 31

Adliya vazirligining xabar berishicha, Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida joylashgan “NS2020” MCHJ do‘konida texnik xatolik tufayli xaridorga ikki dona qalampir uchun 20 ming so‘m o‘rniga 2 milliard so‘mlik chek urilgan.

 

Tadbirkor holatni aniqlagach, soliq organlariga murojaat qilib, noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan chekni bekor qilishni so‘ragan. Biroq Navoiy viloyat soliq boshqarmasi chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini bildirgan va murojaatni rad etgan.

 

Shundan so‘ng Xatirchi tuman adliya bo‘limi soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining ushbu harakatlarini qonunga xilof deb topish bo‘yicha Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritgan.

 

Sud yakuniy qarorida soliq boshqarmasining xatti-harakatlarini qonunga zid deb topib, to‘liq tadbirkor foydasiga hal qiluv qarori chiqargan.

 

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat kichik texnik xatolik ham tadbirkorlar uchun katta moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.