Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 117.35 −11.98 EUR 14 069.46 +7.93 RUB 149.49 +0.32

Tanqidlardan so‘ng: moped va skuterlar egalari uchun haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni yengillashtiriladi

Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

 

Mazkur qaror bilan uchta katta yangilik joriy etilmoqda:

 

Moped va skuter uchun alohida kategoriya

 

• 2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuterlarni boshqarish uchun yangi “A1” toifali haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi, buni olish hozirgi A kategoriyadan ko‘ra osonroq bo‘ladi;

 

• “A1” olish uchun avtomaktablarda umuman o‘qish shart emas (ham nazariy, ham amaliy mashg‘ulotlarsiz), to‘g‘ridan to‘g‘ri imtihon topshirish mumkin;

 

• “A1” olish uchun nazariy imtihonda 20 ta testdan 16 tasiga to‘g‘ri javob topish kifoya. Boshqa toifalar uchun bu 18 ta edi;

 

• “A”, “B”, “C” va “D” toifadagi haydovchilik guvohnomasi egalari “A1” toifadagi transport vositalarini to‘g‘ridan to‘g‘ri boshqarishi mumkin bo‘ladi, ular “A1” olishi shart emas!

 

Avtomaktablarda nazariy o‘qish bekor bo‘lyapti

 

➖ 2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifa olish uchun avtomaktablarda nazariy o‘qish shart emas, faqat amaliy 20 soat o‘qilsa bo‘ldi;

 

➖ talabgorlar nazariy bilimlarni xohlasa uyida onlayn, xohlasa biron o‘quv markazida oflayn kurslar orqali olishi mumkin. Asosiysi imtihonga kirish uchun nazariy o‘qiganlikni tasdiqlovchi hech qanaqa hujjat so‘ralmaydi;

 

➖ endilikda “A” va “B” toifali haydovchilarni tayyorlashda guruhlarni YHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish talabi bekor qilinadi. Hozirda avtomaktablarda toki bitta guruh to‘lmaguncha va uni “GAI”da ro‘yxatdan o‘tkazmaguncha darslar boshlanmas edi. Endi talabgorlar o‘ziga qulay istalgan vaqtda amaliy mashg‘ulotlarni boshlayveradi, hech kimni kutishi shart emas;

 

➖ agar talabgor 20 soatlik amaliy mashg‘ulotni tezda o‘ta olishsa, imtihonga ham tezroq kirish mumkin bo‘ladi, avvalgidek bir necha oy vaqt yo‘qotmaydi.

 

Jarima ballari doirasi kengaytiriladi va uni taqsimlash imkoni yaratiladi

 

2026-yil 1-apreldan yo‘lda o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimlari orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari (12 turdagi) uchun ham jarima ballari hisoblanadi;

 

➖ avtomobil egasi va uni boshqargan shaxs (ishonchnoma, sug‘urta polisi, yo‘l varaqasi orqali) aniqlanib, jarima ballari aynan ruldagi haydovchiga hisoblanadi;

 

➖ agar jarima avtomobil egasiga yozilsa-yu, lekin aslida rulda boshqa inson bo‘lsa (ishonchnoma orqali, masalan), unda mashina egasi jarima balini o‘sha odam nomiga taqsimlash huquqiga ega bo‘ladi, ya’ni o‘zidan o‘chirib, narigi odamga yozdiradi. Bularning barchasi onlayn bo‘ladi, biron joyga borish shartmas;

 

➖ agar mashinasini ijaraga berganlar bo‘lsa, unda E-jarimaball tizimi orqali “hozir mashinamni falonchi odam haydayapti” deb kiritib qo‘ysa bo‘ladi, shunda jarima ballari to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga olib haydayotgan odamga yoziladi, mashina egasiga jarima bali kelmaydi.