O‘zbekistonning bir qator banklari va to‘lov tizimlari foydalanuvchilarga kartadan kartaga bepul pul o‘tkazish imkoniyatini taklif qilmoqda. Kun.uz komissiyasiz o‘tkazmalar mavjud bo‘lgan asosiy ilovalarni jamlagan maqolani e’lon qildi.
Aksariyat ilovalarda Humo’dan Humo’ga o‘tkazmalar komissiyasiz amalga oshiriladi, biroq miqdor bo‘yicha oylik limitlar mavjud. Shuningdek, ko‘plab banklar o‘z kartalari o‘rtasida o‘tkazmalar uchun ham komissiya olmaydi. Agar qabul qiluvchi kartaning banki aniqlansa, o‘sha bank ilovasi orqali o‘tkazmani amalga oshirish ko‘pincha eng qulay yo‘l bo‘ladi.
Komissiyasiz o‘tkazmalar limiti bo‘yicha ilovalar:
Oyiga 10 mln so‘mgacha:
Alliance Pay (Asia Alliance Bank)
BRB (Biznesni rivojlantirish banki)
ChakanaPay (Agrobank)
Oyiga 5 mln so‘mgacha:
Hamkor (Hamkorbank)
Mavrid (Mikrokreditbank)
OpenBank
SQB Mobile (Sanoat Qurilish Bank)
SelloPay
Xazna (Xalq banki)
Oyiga 3,5 mln so‘mgacha:
DavrMobile (Davr bank)
Oyiga 3 mln so‘mgacha:
Milliy (Milliy bank) — ish haqi loyihasi mijozlari uchun limit 10 mln so‘m
My Turon (Turonbank)
Paynet — ayrim shartlar asosida limit 5 mln so‘mgacha oshiriladi
Oyiga 1 mln so‘mgacha:
Humans — oddiy abonentlar uchun 1 mln so‘m, Super VIP tarifida 10 mln so‘mgacha
Maxsus takliflar
Ipak Yuli Bank Visa Start va TBC Bank Salom karta (Humo) egalari kartani bepul to‘ldirib, boshqa Uzcard yoki Humo kartalariga komissiyasiz o‘tkazma yuborishlari mumkin.
Anorbank Mastercard Milliy va Uzum Bank Uzum karta (Visa) ham shunday imkoniyatni beradi. Bu kartalar uchun oyiga 100 mln so‘mlik limit qo‘llanadi, aksiyalar 2025 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
Bugungi kunga ushbu kartalarni bepul rasmiylashtirish mumkin, biroq Anorbank Mastercard Milliy kartasi uchun yillik xizmat haqi mavjud.
