Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi 2023-yil 2-avgustda “DREAM HOUSE DESIGN” MCHJ faoliyatida shaharsozlik normalari va qoidalariga zid kamchiliklarni aniqladi. 2024-yil 21-fevralda fuqarolar tomonidan kelib tushgan shikoyatlar asosida ham oʻrganishlar oʻtkazildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi maʼlumotiga koʻra, tekshiruv davomida mazkur shirkat tomonidan Olmazor tumanidagi “Farobiy” va “Hurriyat” koʻchalarida qurilayotgan biznes markazi loyihasi shaharsozlik talablariga zidligi maʼlum boʻldi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan “DREAM HOUSE DESIGN” MCHJ litsenziyasi 10 kunga toʻxtatildi. Ammo belgilangan muddatda kamchiliklar bartaraf etilmagani sababli, sud qarori asosida litsenziya 2025-yil 11-sentyabrda bekor qilindi va reyestrdnan olib tashlandi.
Vazirlik barcha tashkilotlarni litsenziya talablari va shaharsozlik normalariga qatʼiy rioya etishga chaqiradi.
