Sulton Uvays togʻlaridan topilgan dinozavr qoldiqlari boʻr davriga mansub ekani taxmin qilinmoqda.
Qoraqalpogʻistonda yirik ilmiy kashfiyot amalga oshirildi — Sulton Uvays togʻlarida taxminan 75 million yil avval yashagan dinozavrning toshga aylangan suyak qoldiqlari topildi.
Mazkur topilma Oʻzbekiston Davlat geologiya muzeyi hamda Qoraqalpoq davlat universiteti olimlarining qoʻshma ekspeditsiyasi davomida aniqlangan. Tadqiqotchilarning maʼlum qilishicha, qazilmalar orasida qadimgi kaltakesakka oid umurtqa boʻlaklari, boldir suyagi va boshqa suyak qismlari topilgan.
Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayevning soʻzlariga koʻra, topilgan qoldiqlar boʻr davriga mansub boʻlib, ularning aniq tasnifi xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi laboratoriya tekshiruvlaridan soʻng eʼlon qilinadi.
Hozircha noyeb namunalar ilmiy laboratoriyalarda puxta oʻrganilmoqda. Tadqiqot yakunida topilmaning dinozavrlar evolyutsiyasi tarixidagi oʻrni aniqlanishi kutilmoqda.
