Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 117.35 −11.98 EUR 14 069.46 +7.93 RUB 149.49 +0.32

Rossiyada faoliyat yuritayotgan xalqaro yuk tashuvchi haydovchilar uchun muhim maʼlumot

2025-yil holatiga koʻra, Rossiyadagi xalqaro yuk tashishlarning 25 foizi oʻzbekistonlik haydovchilar hissasiga toʻgʻri keladi. Biroq, migratsiya qoidalariga rioya qilmaslik koʻplab fuqarolarning Rossiya IIV tomonidan “kirishi taqiqlangan shaxslar” roʻyxatiga kiritilishiga sabab boʻlmoqda. 

 

Haydovchilar quyidag italablarga qatʼiy rioya etishlari zarur:

🔵 Chegarada migratsion kartani toʻgʻri toʻldirish (maqsad: slujebnaya yoki tranzit);

🔵 15 ish kuni ichida migratsiya roʻyxatiga qoʻyilish;

🔵 90/365 qoidasiga amal qilish;

🔵 Fors-major holatlarda rasmiy dalolatnoma rasmiylashtirish;

🔵 Har bir harakat rasmiy hujjat bilan asoslangan boʻlishi shart;

🔵 Takroriy qoidbuzarliklar 3–10-yilgacha kirish taqiqini keltirib chiqaradi.

 

📌Agar xato sodir etilgan boʻlsa, GUVM MVD RFga yozma murojaat yoʻllab, safar maqsadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etish lozim. Agar “kirishi taqiqlangan shaxslar” roʻyxatiga tushgan boʻlsangiz, apellyatsiya orqali ushbu roʻyxatdan chiqarishni soʻrash mumkin.

 

Muammoli holatlarda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qiling.

 

📞 +7 925 045 4744

📍 Manzil: Moskva sh., 1-y Kazachiy pereulok, 11/2