Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 117.35 −11.98 EUR 14 069.46 +7.93 RUB 149.49 +0.32

Yangi Chevrolet Cobalt narxlari e’lon qilindi

UzAuto Motors Chevrolet Cobalt modifikatsiyalarini ommaviy ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qildi.

 

Cobalt avtomobili mavjud uchta komplektatsiyadan tashqari, mijozlarga qo‘shimcha ravishda yangi ikkita versiyada (Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM) taqdim etiladi, kompaniyaning ta’kidlashicha, ularga “ilgari mavjud bo‘lmagan yangi opsiyalar qo‘shilgan”.

 

Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM versiyalari komponentlar bazasidagi o‘zgarishlardan tashqari kruiz-nazorat tizimi, old o‘rindiqlarning isitish tizimi va sensorli multimedia tizimi ham mavjud bo‘lib, u Android Auto va Apple CarPlay tizimlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Chevrolet Cobalt avtomobilining yangi komlektatsiyalari uchun tavsiya etilgan chakana narxlar:

 

Style MCM — 156 100 000 so‘m;
Midnight MCM — 165 200 000 so‘m.

 

Yangi modellar Chevrolet dilerlik markazlariga 2025-yil 3-noyabrda sotuvga chiqariladi.