– Endilikda mahalla raisi va hokim yordamchisi boʻsh turgan 5 ming kvadratgacha boʻlgan davlat mulkini auksionga chiqarishi mumkin boʻladi.
Sotuvdan tushgan mablagʻning 70 foizi mahallaning oʻzida qoladi va infratuzilmaga sarflanadi.
Bu haqida Prezident «Mahalla tizimidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish hamda joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan» videoselektor yigʻilishida ma’lum qildi
