Profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Avvalroq ushbu yo‘nalishning taxminan 18 oktyabrda faoliyatini qayta boshlashi haqida ma’lumot berilgan edi. Biroq, ta’mir jarayonlari kechikishi sabab mazkur yo’nalish joriy yilning 1-noyabr sanasi atrofida ochilishi kutilmoqda deya ma’lum qildi “Toshkent metropoliteni” DUK. Hozirgi paytda ushbu yo‘nalishda poyezdlar sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) harakatlanmoqda.
