Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Parijda an’anaviy «Oltin to’p» mukofotini topshirish marosimi bo’lib o’tdi

Kecha Fransiya poytaxti Parij shahrida joylashgan “Shatle” teatrida “France Football” nashri tomonidan anʼanaviy ravishda oʻtkazib kelinadigan “Oltin toʻp” topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

200 dan ziyod mamlakatlarning jurnalistlari qatnashgan ovoz berish jarayoni yakunlariga koʻra, “PSJ” klubi futbolchisi Usmon Dembele 2024/25-yilgi mavsum natijalariga asosan sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

 

Yakuniy ovozlar natijalari quyidagicha shakllandi:

 

  • 1. Usmon Dembele — “PSJ”
  • 2. Lamin Yamal — “Barselona”
  • 3. Vitinyo — “PSJ”
  • 4. Muhammad Salax — “Liverpul”
  • 5. Rafinya — “Barselona”
  • 6. Ashraf Hakimi — “PSJ”
  • 7. Kilian Mbappe — “PSJ”
  • 8. Koul Palmer — “Chelsi”
  • 9. Janluiji Donnarumma — “PSJ”
  • 10. Nunu Mendesh — “PSJ”

Maʼlumot uchun, Usmon Dembele oʻtgan mavsum “PSJ” bilan Fransiya chempionati va UEFA Chempionlar ligasida gʻalaba qozondi. Shuningdek, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati finaligacha yetib bordi. Shu tariqa, Dembele oʻz karyerasida ilk marta “Oltin toʻp” sohibi boʻldi.

 

Boshqa nominatsiyalar gʻoliblari:

 

  • Eng yaxshi yosh futbolchi — Lamin Yamal (“Barselona”);
  • Eng yaxshi hujumchi — Viktor Gyokeres (“Sporting”);
  • Eng yaxshi murabbiy — Luis Enrike (PSJ);
  • Eng yaxshi darvozabon — Janluiji Donnarumma (PSJ);
  • Eng yaxshi ayol futbolchi — Aytana Bonmati (“Barselona”);
  • Eng yaxshi ayollar klubi — “Arsenal”;
  • Eng yaxshi erkaklar klubi — PSJ.