Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

Kechagi uchrashuvdan so’ng, Gvardiola Husanov haqida fikr bildirdi

Gvardiola Husanovning kechagi o’yini haqida quyidagi fikrlarni aytib o’tdi:

Butun mavsum davomida har uch kunda o’ynaymiz. Agar Husanov barcha o’yinlarda (o’ng qanot himoyachisi sifatida) maydonga chiqadi deb o’ylasangiz, adashasiz — bunga hech bir inson qodir emas! Bizga futbolchilarning safga qaytishi muhim.

Lekin uning jismoniy imkoniyatlari juda yaxshi ekanligini bilaman. U juda yosh, hali ko’p narsani o‘rganishi kerak, ammo tezligi juda yuqori! Bugun u o’z qanotini juda zoʻr yopdi. Toza o’ynadi, to’pni kam yo’qotdi.

U hali o’rganishi kerak, ba’zida kuchli energiyasi tufayli noto’g’ri qarorlar qabul qiladi, lekin bu haqda u bilan kelganidan buyon ko’p suhbatlashamiz. Bu vaqt masalasi, xolos.

Uning tezligi aql bovar qilmas darajada, doimo diqqat bilan o’ynaydi. Bugun ham juda-juda ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. -deya ta’rif bergan murabbiy.