Taʼlimga ixtisoslashgan ushbu nashr 2022-yil dekabr oyidan ishga tushgan. Sayt ta’lim sohasida yangilik yetkazuvchi eng yaxshi nashrlardan biri boʻlib, oʻzbek va rus tillarida faoliyat yuritadi.
Jumladan, “yangiliklar” rukni orqali eng muhim yangiliklar joylansa, “maqolalar” ruknida jahon tajribalari, tadqiqotlar va ilmiy-ommabop materiallar tayyorlab boriladi. Shuningdek, “grantlar” ruknida eng yaxshi grant dasturlari boʻyicha maʼlumotlar beriladi.
Talimxabarlari.uz 2023-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligidan 123630-raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan.
Deyarli har oyda sayt tomonidan yutuqli test sinovlari oʻtkazilib, gʻoliblarga qimmatbaho sovgʻalar, kitoblar toʻplami va pul mukofotlari topshirib kelinmoqda.
Sayt xodimlari yangiliklarni faqat matn koʻrinishda emas, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida video koʻrinishda ham eʼlon qilib borishmoqda. Bugungi kunda saytning Telegram, Instagram, YouTube, Facebook, X(Twitter) kabi ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy, tasdiqlangan sahifalari mavjud
Bugungi kunda nashr yangiliklarini 1 kunda 100 mingdan koʻproq kishi, 1 oyda 2 millionga yaqin kishi oʻqiydi. Saytdagi koʻrishlar soni esa 1 oyda 5 milliondan oshadi. Milliy qidiruv tizimi maʼlumotlariga koʻra, “Talimxabarlari.uz” sayti – Oʻzbekistonda eng mashhur saytlar ichida TOP-10 roʻyxatdan joy olgan.
Oʻz oldiga yuqori maqsadlarni qoʻygan Talimxabarlari.uz sayti va uning xodimlariga omad yor boʻlishini hamda ushbu sohada eng yaxshi internet-nashri boʻlishda davom etishlarini tilab qolamiz.