4-sentyabr kuni Buxoro viloyati IIB ga, Buxoro shahar 7-mikrorayonda qurilayotggan yangi koʻp qavatli uylarning kanalizatsiya quvurlarini ushbu markaziy quvurga ulayotgan 5 nafar ishchilari ehtiyotsizligi oqibatida quvurga tushib ketganligi toʻgʻrisida xabar berilgan.
Aniqlanishicha, 4-sentyabr soat 12:00larda “Fayz binokor Oltiariq” MCHJning jami 5 nafar ishchilari tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hududdan oʻtgan kanalizatsiyani taʼmirlash jarayonida, Kamaz rusumli kran haydovchisi tomonidan hajmi 1000 diametr, chuqurligi 8 metr boʻlgan mazkur kanalizatsiyaga yangi qazilgan kanalizatsiyani birlashtirish (ulash) uchun ichki tomondan tuynuk ochish maqsadida Buxoro viloyati Suv va oqava taʼminoti boʻyicha injinering kompaniyasining ruxsatsiz qopqoqni joyidan ochib, olib qoʻyilishi, mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganligi sababli, 5 nafar ishchilar ushbu kanalizatsiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketishgan.
Hodisa sodir boʻlgan joyni koʻzdan kechirish davomida, Buxoro tumani Zarmanoq MFY hududidan oʻtuvchi oqova suvlarni uzatgich punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqarolarning jasadlari topilgan. Qolgan 2 nafar fuqarolarni topish choralari koʻrilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.