Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 460.70 −21.68 EUR 14 545.38 +4.66 RUB 155.06 −0.17

Qirgʻiziston–Oʻzbekiston chegarasida ikki qirgʻiz fuqarosi otib oʻldirildi

Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmati maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston chegarachilari ikki qirgʻiz fuqarosini qoʻlga olish paytida qurol ishlatib, ularning halok boʻlishiga sababchi boʻldi.

Maʼlum qilinishicha, 25-avgust kuni Chotqol tumani Aygʻir-Jal qishlogʻida yashovchi ikki kishi yoʻqolgani haqida huquq-tartibot organlariga murojaat kelib tushgan. Keyinchalik, 28-avgust kuni ikki davlat chegara vakillari uchrashuvi chogʻida Oʻzbekiston tomoni 15-avgust kuni Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegaralari tutashgan hududda ikki nomaʼlum shaxs aniqlanganini bildirgan.

Oʻzbekiston chegarachilariga koʻra, ularni toʻxtatishga urinilganda fuqarolar talablarga itoat etmagan va shu sababdan qurol qoʻllanilgan. Natijada ikki kishi oʻqdan halok boʻlgan.

31-avgust kuni marhumlarning qarindoshlari Oʻzbekistonga borib, jasadlarni tanib olgan. Ular ekspertiza uchun Qirgʻizistonga topshirilgan. Shuningdek, oʻldirilgan shaxslarga tegishli boʻlgan mol-mulk — uchta ot va bir chodir ham qaytarib berilishi maʼlum qilingan.

Maʼlumotga koʻra, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston chegara xizmatlari 2-sentyabrdan boshlab ushbu holat yuzasidan qoʻshma tergov ishlarini olib boradi.