Bugun ish kuni to‘liq bo‘ladi, qisqartirilgan emas.
Sababi Mehnat kodeksining 187-moddasida ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi, deb belgilangan. «Arafasi» deganda qachon nazarda tutilganiga shu moddaning ikkinchi bandida izoh berilgan: «bayramdan oldingi kuni».
Xulosa:
ish vaqti 1 soatga qisqarishi uchun ish kunining ertasi kunida ishlanmaydigan bayram kuni bo‘lishi kerak. Odatiy yoki qo‘shimcha berilgan dam olish kunlari hisob emas.
Ertaga — 30-avgust. Hech qanaqa bayram kuni emas, odatiy shanba kuni.
Bizda Mustaqillik bayrami rasman 1-sentyabrga belgilangan. Demak, shundan bir kun avval, ya’ni faqat 31-avgust kunida ish vaqti 1 soatga qisqartirilishi mumkin xolos. Lekin joriy yilda 31-avgust yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun: ertaga — shanba kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish, 6 kunliklar uchun esa ish kuni.