Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • “Ovoz” loyihasida Sherali Jo’rayev asarini ijro etgan ishtirokchi mualliflik huquqini buzganligi uchun ogohlantirildi
Yangiliklar

“Ovoz” loyihasida Sherali Jo’rayev asarini ijro etgan ishtirokchi mualliflik huquqini buzganligi uchun ogohlantirildi

Abrambek Azimov 12.08.20251 daqiqa o'qiladi
287

O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati marhum Sherali Jo‘rayev muallifligidagi “Qora ko‘zli sanamjon” asarining huquq egasi yoki vakolatli shaxslar ruxsatisiz ijro etilgani yuzasidan murojaatni ko‘rib chiqdi.

Vazirlik tekshiruviga ko‘ra, mazkur asar “TALENT SHOW” MChJning “Ovoz” loyihasida, 50+ yoshlilar o‘rtasidagi tanlovda ishtirok etgan Suvon Baxronov tomonidan kuylanib, YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi “The Voice of Uzbekistan” kanalida e’lon qilingan.

 

Aniqlanishicha, ijro huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxslarning ruxsatisiz amalga oshirilgan. Biroq tekshiruv o‘tkazilgunga qadar huquqbuzarlik bartaraf etilib, mazkur video barcha rasmiy platformalardan oʻchirilgani bois, loyiha tashkilotchilari kelgusida qonunchilik talablariga qat’iy rioya etishlari haqida ogohlantirilgan.

 

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *