Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

“Uzum” brendini o‘g‘irlagan restorandan katta miqdordagi pul undirildi

Abrambek Azimov 09.08.20251 daqiqa o'qiladi
243

Restorandanlardan biri Uzum ko‘rinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilaotganligi aniqlandi.

Intellektual mulk yangiliklari bergan xabarga ko‘ra, “F.T.” MChJ Uzum tezkor MChJga tegishli bo‘lgan “Uzum tezkor” va “Uzum food” tovar belgisiga o‘xshash “Uzum” ko‘rinishidagi belgidan umumiy ovqatlanish sohasida noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.

Uzum tezkor MChJ huquqbuzardan tovon puli undirishni so‘rab sudga murojaat qildi va sudning qarori bilan “F.T.” MChJdan 75 mln so‘m tovon puli, davlat bojlarini va boshqa xarajatlarni hisoblaganda jami 94 mln so‘m undirilishi belgilandi.

“Hurmatli tadbirkorlar! O‘z brendingizni ro‘yxatdan o‘tkazishingizni hamda brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlariga duch kelganingizda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefon orqali xabar berishingizni yoki info@adliya.uz elektron pocht manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *