180
Bugun, 16-iyul soat 14:40 da Koʻkdala tumani, Oltin dala MFY hududida joylashgan gaz toʻldirish shoxobchasida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:45 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Voqea joyiga viloyat FVB va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.