Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • 2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmaydi — Transport vaziri (video)
O'zbekiston

2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmaydi — Transport vaziri (video)

Malika Haqqiyeva 14.07.20251 daqiqa o'qiladi
59

Transport vaziri bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bergan hisobotida ma’lum qildi.

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bergan hisobotida 2030-yilgacha qishloq va ovullarda asfalt qilinmagan yo‘llar qolmasligini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hozirda 70 foiz ichki yo‘llarga asfalt va shag‘al qoplama yotqizilgan. Qolgan 30 foiz yo‘llarga kelgusi 2 yilda shag‘al yotqizish, 2030-yilgacha esa to‘liq asfaltlash rejalashtirilgan.

“Aniq dastur bor. Yaʼni, bugungi kunda biz 70 foiz tuproq yoʻllarini, loy tuproq yoʻllarini bugungi kungacha qaysini shagʻalga, qaysini asfaltga oʻtkazdik. Qolgan 30 foizini biz ikki yilda umuman tuproq yoʻlini shagʻalga oʻtkazamiz va 30-yilgacha yurib boʻlmaydigan aholi punkti oʻzi qolmaydi. Bu ambitsioz boʻlgan taqdirda ham, lekin mana, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birga boʻynimizga olgan tizim” – degan vazir o‘z hisobotida.

 

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *