Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 963.16 +49.81 EUR 13 390.36 +61.70 RUB 142.33 −0.06

Yunusoboddagi ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi

photo 2025 07 14 09 38 26

Bugun, 14-iyul soat 07:39 da Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Axmad Donish ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish sexlarining birida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 07:44 da voqea joyiga yetib borib, hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Voqea joyiga FVV rahbariyati, shahar va tuman FVB rahbar xodimlari yetib borgan.