Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 838.92 −64.23 EUR 13 248.94 −80.21 RUB 147.05 +0.30

Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat vaqtincha cheklanadi

photo 2025 07 11 11 59 14

Toshkent shahar hokimligi 2025-yil 11-iyul soat 22:00 dan 14-iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko’chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qurilish-montaj ishlari olib borilishi sababli quyidagi cheklovlar amal qiladi:

– Bratislava yoki Glinka ko’chalari yo’nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to’g’riga va chapga o’tish yopiladi, faqat o’ngga burilish mumkin;
– Shota Rustaveli ko’chasi yo’nalishida chorraha orqali faqat to’g’riga va o’ngga harakatlanish mumkin.