Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Xitoylik erkakning qornidan 30 santimetrli tirik ilonbaliq chiqarib olindi

Gulhayo Naimova 11.07.20252 daqiqa o'qiladi
126

33 yoshli xitoylik erkak qattiq qorin og‘rig‘i bilan shifoxonaga murojaat qilganida, shifokorlar uning qorin bo‘shlig‘ida uzunligi bir futga yaqin bo‘lgan tirik ilonbaliq borligini aniqlashdi. Bu haqda “Huaihua Daily” gazetasi xabar berdi.

Xunan provinsiyasida joylashgan Hunan tibbiyot universitetining birinchi klinikasiga murojaat qilgan bemor rangpar, ko‘p terlagan va og‘riqdan aziyat chekayotgan holatda bo‘lgan. Qilingan komputer tomografiya tekshiruvida shifokorlar uning oshqozon yoki ichak devorini teshib o‘tgan va qorin bo‘shlig‘iga o‘tib ketgan begona jismni aniqlashdi. Bemorning qorni taxtadek qattiq bo‘lgan va hayotiga xavf tug‘ilgan.

Shifokorlar favqulodda laparoskopik operatsiya o‘tkazishga qaror qilishdi. Operatsiya vaqtida ular erkakning ichki a’zolari orasida harakatlanayotgan tirik ilonbaliqni ko‘rib, hayratda qolishdi.
Ilonbaliq ichak devorini to‘liq teshib o‘tgan bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ida suzib yurgan.

Jarrohlar maxsus qisqich yordamida uni ushlab olib chiqarishdi. Ichakdagi zarar tiklandi, qorin bo‘shlig‘i infeksiyaning oldini olish uchun tuzli eritma bilan tozalandi.
Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Bemor tezda sog‘ayib, shifoxonadan chiqqan.

Ilonbaliq organizmga qanday kirib qolganiga oid rasmiy ma’lumot berilmagan.

Ilonbaliq odatda yumshoq tuproqli joylarda, masalan, sholi maydonlari, ko‘llar, daryolar va kanallarda yashaydi. U tuproqni kavlab harakatlanishga moslashgan bo‘lgani sababli, tirik to‘qimalarni teshib o‘tishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *