Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Hindistonda it 67 kishini koʻchkidan qutqarib qoldi

Abrambek Azimov 11.07.20251 daqiqa o'qiladi
77

Hindistonning Siyati qishlogʻida it 67 kishini koʻchkidan qutqarib qoldi, deb yozadi The Independent.

Qayd etilishicha, voqea 30-iyun kuni kechqurun Ximachal-Pradesh shtatining Mandi okrugida sodir boʻlgan. Tunda besh oylik kuchuk kutilmaganda qattiq akillay boshlagan. Natijada Narendra ismli erkak uygʻonib ketgan va devordagi yoriqqa koʻzi tushgan. Shundan soʻng, u qoʻshnilarini ogohlantirish uchun yugurgan.

It va mahalliy fuqaroning harakati sabab 20 ga yaqin oila uylarini oʻz vaqtida tark etishga muvaffaq boʻlgan. Oradan koʻp oʻtmay qishloq koʻchki ostida qolgan. Qishloqning omon qolgan barcha aholisi Naina Devi ibodatxonasiga vaqtinchalik joylashtirilgan. Shtat hukumati har bir jabrlangan oila uchun 10 ming rupiy (116 dollar) ajratgan.

Maʼlumotlarga koʻra, ikki hafta ichida Mandi okrugida kuchli yogʻingarchiliklar kuzatilib, koʻchkilarni yuzaga keltirgan. Tabiiy ofat sabab 150 tadan ortiq yoʻl yopilib qolgan, yuzlab uylar vayron boʻlgan. NDTVʼning yozishicha, iyul boshidan beri shtatda suv toshqinlari va koʻchkilar oqibatida kamida 50 kishi halok boʻlgan.

Kun.uz

img

Biz bilan bir jarayonda bo'ling!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *