Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 460.70 −21.68 EUR 14 545.38 +4.66 RUB 155.06 −0.17

Eldor Shomurodov Turkiya klubi bilan shartnoma imzoladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya “Roma” klubidan Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoasiga ijaraga o‘tdi.

“Bashakshehir” futbolchini keyinchalik to‘liq sotib olish huquqi bilan qo‘lga kiritdi. Klub Rim jamoasiga ijara uchun 3 million yevro, keyinchalik sotib olish uchun esa 2,7 million yevro to‘laydi.

“Roma” klubi Shomurodovning keyingi transferidan 10 foizlik ulushni ham o‘zida saqlab qoladi.