Favqulodda vaziyatlar vazirligi Shayxontohur tumanidagi “Farobiy” va “Shifokorlar” ko‘chalari kesishmasida yer osti quvuri portlashi bo‘yicha hodisa tafsilotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu holat rejaviy tadbir asosida o‘tkazilgan kommunal tarmoqdagi issiq suv tarmog‘ini bosim ostida tekshirish jarayonida yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro yengil tan jarohti olgan va ularga voqea joyida tibbiyot xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan. Ularni shifoxonga olib borishga ehtiyoj bo‘lmaganligi sababli, o‘z uylariga ruxsat berilgan.
“Hozirda issiqlik suv quvuridagi ushbu hodisa kommunal-texnik avariya-tiklash brigadasi kuch va vositalari bilan bartaraf etilib, nosozlik oqibatlarini tugatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Voqea joyiga Toshkent shahar FVB, SSB va kommunal soha tashkilotlari mas’ullari hamda kuch va vositalari jalb qilingan”, – deyiladi vazirlik bayonotida.