Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

DXX: Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari pora olishda qo‘lga olindi (video)

Malika Haqqiyeva 09.07.20251 daqiqa o'qiladi
57

Sirdaryo viloyatida Guliston shahri prokurori o‘rinbosari xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbaridan jinoiy ishni uning foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari miqdorida pora so‘ragani aniqlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora olish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda prokuror o‘rinbosariga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov ishlari davom etmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *