Shavkat Mirziyoyev, 9-iyul kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida o‘tkazilgan yig‘ilishda, o‘zining 15−20 daqiqa tirbandlikda turganini aytib o‘tdi. Prezident rulda o‘zi ekanligini hech kim bilmaganini va yo‘lni ochib berish uchun baqirmaganini ta’kidladi.
Shuningdek, Prezident Ichki ishlar vaziriga yo‘l harakati muammolarini hal qilishni topshirdi. U yo‘l belgilari va ko‘priklarni yaxshilash zarurligini, to‘rtta tasmali yo‘lni ikki tasmali qilish muammosini ham tartibga solish kerakligini aytdi.