Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

O'zbekiston

“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasi qayta tashkil etiladi

Nilufar Qobilova 09.07.20251 daqiqa o'qiladi
34

“Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” respublika jamg‘armasi faoliyati qayta tashkil qilinib, Hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Har bir viloyatda jamg‘armaning alohida filiallari faoliyat yuritadi.

Bu yil jamg‘armaga barcha manbalar hisobidan 400 milliard so‘m tushishi prognoz qilingan. Shuningdek, foto-video radarlar orqali byudjetga tushadigan jarimaning 25 foizi ham jamg‘arma va uning filiallariga yo‘naltiriladi.

YHXX tizimidagi yo‘l belgilari, svetofor o‘rnatish va yo‘l chiziqlarini chizishga mas’ul korxonalar ham viloyatlarga o‘tkaziladi.

Jamg‘armaning faoliyati shaffof bo‘lib, viloyat YHXB va yo‘l boshqarmasi boshliqlari, shuningdek, jamoatchilik vakillari kiradigan bo‘ladi.

Mablag‘lar avvalo, avariya o‘choqlari bo‘lgan xavfli uchastkalarni tartibga solishga, ya’ni yo‘lni ajratuvchi to‘siqlar, yo‘l belgilari, yoritgichlar o‘rnatish, piyoda yo‘laklarini tashkil qilish va chorrahalarni raqamlashtirish kabi ishlarga yo‘naltiriladi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *