O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzotilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatri direktorligiga tayinlandi.
Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, 8-iyul kuni Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon To‘jihonov O‘zbekiston davlat satira teatrida tashkilot va ijodiy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilishda teatrdagi spektakllarning saviyasi, tomoshabinlarni jalb etish va xalqaro gastrol kabi masalalar muhokama qilingan.
Shuningdek, jamoa bilan tanishtirish jarayonida Mirzotilla Xolmedov O‘zbekiston davlat satira teatri direktorligi lavozimiga tayinlangani ma’lum qilingan.
Xolmuhammedov, tayinlovga qadar, “Uzbekkonsert” davlat muassasida so‘z ustasi sifatida faoliyat olib borgan edi.