Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

OTM’larga kirish imtihonlari qachon boshlanishi ma’lum bo’ldi

Nilufar Qobilova 07.07.20251 daqiqa o'qiladi
66

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Test sinovlari kuniga ikki smenada tashkil etiladi:

  • 1-smena soat 08:00 da,
  • 2-smena soat 15:00 da boshlanadi.

Abituriyentlar test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda. Abituriyentlar ruxsatnomani yuklab olishlari va chop etib, sinovga olib kelishlari kerak.

Abituriyentlar ruxsatnomada ko‘rsatilgan manzildagi binoda, belgilangan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadilar. Boshqa hududda yoki smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.

Abituriyentlar pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda test sinoviga kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan hamda kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Barcha abituriyentlardan ruxsatnomalarini yuklab olishlari so‘raladi!

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *