Elektron pochta: jarayonuz@gmail.com

Kurs UZS USD 12 067.76 −70.91 EUR 14 141.00 −35.75 RUB 145.64 +0.28

O’zbekiston milliy terma jamoasi birinchi jahon chempioniga qarshi yana to’p tepadi

Futbol bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi lotin amerikasining yana bir mamlakati Urugvay terma jamoasiga qarshi o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazishi mumkin.

Uchrashuv sanasi va maydoni haqida hozircha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ammo ko’plab futbol manbalari o’rtoqlik bahsi Argentinaga qarshi uchrashuvdan keyin Urugvay mayodinda bo’lib o’tishini tahmin qilmoqda.

O’zbekistonning Argentinaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvi haqida avvalroq xabar bergan edik. 

Ma’lumot o’rnida, Urugvay futbol tarixidagi birinchi jahon chempioni hisoblanadi. O’zbekiston bundan avval ham Urugvay termasiga qarshi bir necha bor maydonga tushgan.