Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • O‘zbekiston ayollar futbol jamoasi saralash bosqichidan o’tib,Osiyo kubogiga yo’llanma oldi
Sport

O‘zbekiston ayollar futbol jamoasi saralash bosqichidan o’tib,Osiyo kubogiga yo’llanma oldi

Nilufar Qobilova 07.07.20252 daqiqa o'qiladi
52

O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasi tarixda ilk marta 23 yil o‘tib, Osiyo kubogi finaliga yo‘l oldi. Jamoa Nepalga qarshi o‘tkazilgan hal qiluvchi uchrashuvda g‘alaba qozonib, 2026-yilda Avstraliyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogining final bosqichiga chiqdi.

Jamoa bosh murabbiyi Kotrina Kulbite o‘yinga oid o‘z fikrlarini bildirdi:

“Biz uchrashuvni juda yaxshi boshladik va o‘z o‘yinimizni namoyish etdik, ammo keyin qizil kartochka oldik. Qizil kartochka olganimizdan so‘ng, o‘yinda deyarli yakunlandi. Rostini aytganda, men jamoaning o‘yini bilan qoniqmadim. Bu oxirgi vaqtlarda ko‘rsatgan eng yomon ikkinchi bo‘limimiz edi. Lekin, har qanday holatda ham biz finalga yo‘l oldik, bu ayollar futboli uchun katta natija,” – deya ta’kidladi Kulbite.

O‘zbekiston ayollar futbol terma jamoasining Osiyo kubogi oldidan tayyorgarligi haqida so‘ralganida, murabbiy shunday dedi:

“Biz allaqachon bu haqda rahbariyat bilan muhokama qildik. Bugun biz ushbu tarixiy natijani nishonlashimiz kerak. Bu juda hissiyotli kun edi. Mart oyigacha biz rasmiy va norasmiy yig‘inlarni o‘tkazamiz. Do‘stona uchrashuvlar va kichik turnirlarda qatnashamiz. Milliy ligamiz noyabr oyida yakunlanadi, shuning uchun martgacha tayyorgarlikni to‘g‘ri rejalashtirishimiz zarur. Umid qilamanki, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bizga barcha zarur shart-sharoitlarni taqdim etadi,” – dedi Kulbite.

Shuni eslatib o‘tamizki, Toshkentda ayollar futboli bo‘yicha saralash turniri o‘tkazildi va unda Osiyo kubogining final bosqichiga chiqqan jamoalar belgilandi.

Nepal terma jamoasiga qarshi hal qiluvchi o‘yin asosiy vaqtda 3:3 hisobida yakunlandi va g‘olibni penalti seriyasi aniqladi. O‘zbekiston ayollar futbol jamoasi 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, Osiyo kubogi finaliga chiqdi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *