Xitoylik sportchi Li Tszechuan Ginnes rekordlar kitobiga kirib, bir daqiqada 35 marta bir qo‘lda tortilish orqali yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda Tengri Sport xabar berdi.
Sportchining aytishicha, u bu natijaga erishish uchun yetti yil davomida mashq qilib, so‘nggi uch oyda aynan shu harakat ustida intensiv shug‘ullangan.
Shu kuni u yana bir rekordni yangiladi: 40 funt (taxminan 18 kilogramm) og‘irlik osilgan holatda bir daqiqada 44 marta oddiy tortilish bajardi.
Ushbu mashqlar kalistenika deb ataladigan uslubga kiradi — bu tananing o‘z vazni bilan bajariladigan jismoniy mashqlar tizimi bo‘lib, asosan mushak kuchi, muvozanat va chidamlilikni oshirishga xizmat qiladi. Kalistenikaga tortilish, yerda qo‘l bilan ko‘tarilish, tizzani ko‘tarish va boshqa shunga o‘xshash harakatlar kiradi.
Oldinroq janubiy koreyalik O Yoxan ham Ginnes rekordiga erishgani, bu natijaga u 22 yil mehnat qilib yetgani aytilgandi.
Yana bir eʼtiborga molik rekord — yangi zelandiyalik Maynard Uilyams tomonidan o‘rnatildi. U “planka” mashqini bajargan eng yoshi katta erkak sifatida tan olindi. Planka — bu tana harakatsiz, bir chiziqda tik turgan holda bajariladigan mashq bo‘lib, u qorin, bel va orqa mushaklarini mustahkamlashda juda samarali hisoblanadi. Bu mashq qiyin ko‘rinmasligi mumkin, ammo tananing ichki kuchini rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi.