Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Bu qiziq

Forbes dunyodagi eng boy ayollar roʻyxatini e’lon qildi

Gulhayo Naimova 30.06.20253 daqiqa o'qiladi
84

Xitoydan AQShgacha, Rossiyadan Avstraliyagacha bo‘lgan hududlarda ayollar turli sohalarda – ko‘mir, kollagen, dasturiy ta’minot va soya sousigacha – faoliyat yuritib, yirik boylikka erishmoqda.
Forbes joriy yilda ilk bor dunyo bo‘yicha o‘z mehnati va kuchi bilan boylikka erishgan eng boy 50 nafar ayol ro‘yxatini tuzdi.

Ular 13 davlat va 4 qit‘ani qamrab oladi (hozircha Afrika va Janubiy Amerikadan ayollar yo‘q). Ro‘yxatdagi ayollarning umumiy boyligi 276 milliard dollar, bu har bir ayol uchun o‘rtacha 5,5 milliard dollar degani.

Ro‘yxatning birinchi o‘rnida Shveysariyadan Rafaela Aponte-Diamant turibdi. Uning boyligi 38,8 milliard dollar. U turmush o‘rtog‘i Janluidji Aponte bilan birga Mediterranean Shipping Company (MSC) kompaniyasiga asos solgan. MSC hozir dunyoning eng yirik yuk tashuvchi kompaniyasiga aylangan — 136 mingdan ortiq xodim, 900 ta kema va 675 ta ofisga ega. Rafaela biznesni 200 ming dollarlik kredit bilan boshlab, 9 yilda 17 ta kemadan iborat flot yaratgan. Hozir u 80 yoshda, hanuz kemalarning ichki dizayni bilan shug‘ullanadi va kompaniya jamg‘armasi kuzatuv kengashida ishlaydi.

AQShlik Dayan Hendriks 22,3 milliard dollarlik boyligi bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. U tom yopish materiallari va boshqa qurilish mahsulotlari bilan shug‘ullanuvchi ABC Supply kompaniyasining hammuassisi. Ro‘yxatda AQShdan 18 nafar ayol bor, ular orasida mashhur shaxslar – Opra Uinfri va Sheril Sandberg ham mavjud.

Xitoy va Gonkongdan ham 18 nafar ayol ro‘yxatga kirgan. Eng boyi – Chjun Xueytszyuan, ilgari kimyo o‘qituvchisi bo‘lgan. U 1995-yilda Hansoh Pharmaceuticals kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya yiliga 1,7 milliard dollar daromad qiladi va saraton, infeksiya va autoimmum kasalliklarni davolashga ixtisoslashgan. Chjun o‘zining katta muvaffaqiyatini o‘pka saratoniga qarshi Gainuo dorisi bilan qo‘lga kiritgan.

Ro‘yxatdagi ayollar 14 ta sohada faol. Eng ko‘p boylik texnologiya orqali orttirilgan — 14 nafar ayol bu sohada yutuqqa erishgan. Eng boyi – Chjou Qunfey. U Apple, Samsung va Teslaga sensorli ekranlar yetkazib beruvchi Lens Technology kompaniyasiga rahbarlik qiladi. U ilgari oddiy zavod ishchisi bo‘lgan, 1993-yilda kompaniyaga asos solgan. Bugun kompaniyada 136 mingdan ortiq xodim ishlaydi, yillik savdosi esa 9,5 milliard dollarni tashkil etadi.
Chakana savdo sohasida esa 5 nafar ayol bor. Ular orasida Shein kompaniyasining asoschilari ham bor — bu kompaniya Xitoyning eng mashhur tez moda brendlaridan biridir.

Ro‘yxatdagi eng yosh ayol — avstraliyalik Melanie Perkins (38 yosh), u 2013-yilda Canva dasturiy platformasini yaratgan. Undan keyingi eng yosh ishtirokchi — rossiyalik Tatyana Kim (49 yosh), u ilgari ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan, hozir esa Rossiyaning eng yirik onlayn do‘koni – Wildberries asoschisi.

Shunga qaramay, ayollar va erkaklar o‘rtasidagi boylik tafovuti juda katta. Dunyodagi eng boy 50 nafar o‘z kuchi bilan boylikka erishgan erkaklar umumiy hisobda 3,8 trillion dollar boylikka ega — bu ayollarnikidan 14 barobar ko‘p.

Butun dunyoda 1 920 nafar erkak milliardlik boylikka ega bo‘lgan, bu ayollarnikidan 18 barobar ko‘p.
Jahon boyligining 96 foizi erkaklar qo‘lida, ayollarga esa 4 foizi to‘g‘ri kelmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *