2025-yilning yanvar-aprel oylarida 2 million 116,9 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi xorijiy mamlakatlarga sayohat qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 404,5 ming nafarga yoki 23,6 foizga ko‘pdir, deya xabar bermoqda Milliy statistika qo‘mitasi.
Sayohat qilingan davlatlar orasida qo‘shni mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. Eng ko‘p borilgan davlatlar quyidagilar:
Qirg‘iziston – 899 ming kishi
Tojikiston – 388,4 ming
Qozog‘iston – 354,9 ming
Saudiya Arabistoni – 133,6 ming
Rossiya – 93,9 ming
Turkiya – 64,2 ming
BAA – 58,8 ming
Misr – 22,4 ming
Tailand – 15,4 ming
Vyetnam – 11,4 ming
Boshqa davlatlar – 74,6 ming
Mutasaddilar fikricha, bu o‘sish aholining harakatchanligi, iqtisodiy imkoniyatlarning kengayishi, shuningdek, dam olish va ziyorat turizmining ommalashuvi bilan bog‘liq.