Elektron pochta: [email protected]

Kurs UZS USD 11 839.59 +6.22 EUR 13 569.35 −8.26 RUB 140.42 +0.63

Toshkent viloyatida yo‘qolgan talaba qiz o‘lik holda topildi

cf9f0ea74e jinoyat 2

Toshkent viloyatida bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan 24 yoshli talaba qizning jasadi 11-sonli gidroelektrostansiya (GES) hududidagi chiqindilar to‘planadigan kolodetsdan topildi. Bu haqda Nova24.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, qizning yo‘qolganligi haqida xabar 10-may kuni tarqalgan. Qibray tumanining «Botanika» mahallasida yashovchi talaba qiz uydan chiqqanicha qaytmagan.

2-iyun kuni, “Sohibkor” mahallasida joylashgan GES №11 chiqindi qudug‘idan qizning jasadi topilgan.

Jasad sud-tibbiy ekspertizaga yuborilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, o‘lim sababi — suv nafas yo‘llarini to‘sib qo‘yishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya bo‘lgan. Tanada tan jarohati izlari aniqlanmagan.

Mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.