Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jahon

Hindiston aeroportida 50 ta zaharli ilon ushlab qolindi

Gulhayo Naimova 03.06.20251 daqiqa o'qiladi
31

Hindiston bojxona xodimlari poytaxtdagi Indira Gandi xalqaro aeroportida 50 ta zaharli ilon kontrabandasining oldini olishdi. Rasmiylar bergan bayonotga ko‘ra, hayvonlar maxsus yashirin konteynerlarda olib kirilayotganida aniqlangan.

Ilonlar orasida Hindiston kobrasi, krayt va russel giyurzi kabi oʻta zaharli turlar bo‘lgan. Mutasaddilarning aytishicha, bu hodisa mamlakatda yovvoyi hayvonlarni noqonuniy olib kirish va ularni qora bozorda sotish tendensiyasining davomidir.

Bojxona xizmati ilonlar xalqaro miqyosda muhofaza qilinadigan turlar ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidladi va ularni kontrabanda qilish ekologik muvozanatga va inson hayotiga tahdid solishini bildirdi.

“Bu darajadagi kontrabanda harakati nafaqat Hindiston qonunchiligini, balki xalqaro tabiatni muhofaza qilish konvensiyalarini ham buzadi,” — deyiladi Bojxona departamenti bayonotida.

Ilonlar odatda qora bozor orqali sotiladi va ayrim hollarda ularning zahri farmasevtika sanoatida qimmatli modda sifatida ishlatiladi. Mutaxassislarning aytishicha, ekzotik hayvonlar kolleksionerlari bunday jonivorlar uchun katta mablag‘ to‘lashga tayyor.

Politsiya hodisa yuzasidan surishtiruv boshlaganini, kontrabanda bilan bog‘liq shaxslar aniqlanayotganini bildirdi. Gumonlanuvchining ismi oshkor qilinmagan.

Bu so‘nggi yillarda Hindistonda qayd etilgan ilk holat emas. 2023-yil aprel oyida Kerala shtatida 30 dan ortiq zaharli ilonlar noqonuniy ravishda olib kirilayotganida ushlangandi. Rasmiylar bunday holatlarning ko‘payayotganini aytib, nazorat choralarini kuchaytirgan.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *