Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Noqonuniy “Haj” ziyoratini tashkil qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Nilufar Qobilova 03.06.20251 daqiqa o'qiladi
60

Andijon, Qashqadaryo, Namangan va Toshkentda bir nechta shaxslar fuqarolarni aldab, ularni Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, katta miqdorda pul olayotgan vaqtlarida qo‘lga olindi. Hozirda barcha holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar quyidagi holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi:

  • Andijon — oldin sudlangan shaxs 10 nafar fuqarodan jami 50 ming AQSh dollari olgan;

  • Qarshi — fuqaro 14 ming dollar olayotgan vaqtda ushlangan;

  • Namangan — turfirma menejeri 10 ming dollar olayotganida qo‘lga tushgan;

  • Toshkent — turfirma hodimi 9 ming dollar bilan ushlangan.

Rasmiylarga ko‘ra, ushbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda. Fuqarolarga diniy ziyorat safarlarini faqat rasmiy tartibda va litsenziyaga ega tashkilotlar orqali amalga oshirish tavsiya etilmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *