Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Yangiliklar

Qiroldan qirolga: 300 ming funt sterlinglik tuhfa

Gulhayo Naimova 31.05.20252 daqiqa o'qiladi
16

Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso Al-Xalifa Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ning toj kiydirish marosimi munosabati bilan unga hashamatli “Rolls-Royce Cullinan Series II” avtomobilini sovg‘a qildi. Sovg‘aning taxminiy qiymati 300 ming funt sterlingdan ortiq.

Mazkur mashina Buyuk Britaniya qirollik avtoparkiga qo‘shildi va faqat rasmiy marosimlar va davlat tadbirlarida foydalaniladi. Avtomobil shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan.

Bahrayn qiroli shuningdek, bezakli soatlarni ham taqdim etdi. Bu sovg‘alar 2020–2023-yillar oralig‘ida qirollik oilasi a’zolariga berilgan rasmiy sovg‘alar ro‘yxatiga kiritilgan va 2025-yil may oyida Bukingem saroyi tomonidan e’lon qilindi.

Charlz III  toj kiydirish marosimi munosabati bilan boshqa davlatlardan ham turli sovg‘alar oldi. Ular orasida Amazonka mintaqasidagi tub xalqlardan bosh kiyim, Rim Papasi Fransisk tomonidan yuborilgan Muqaddas Xoch bo‘lagini, AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi tomonidan Elizaveta II va AQSh sobiq prezidenti Eyzenxauer o‘rtasidagi tarixiy xatlar saqlangan jildni o‘z ichiga oladi.

Qirollik ma’muriyatining ta’kidlashicha, bunday sovg‘alar shaxsiy mulk hisoblanmaydi. Ular qirollik kolleksiyasiga kiritiladi va faqat rasmiy maqsadlarda saqlanadi hamda ishlatiladi.

Ayni paytda, Bahrayn hukumati inson huquqlarini buzish holatlari bo‘yicha xalqaro tanqid ostida qolayotgan bir paytda bu sovg‘a jamoatchilik e’tiborini tortdi. 2024-yilda Bahrayndan surgun qilingan ayrim faollar Charlz III dan Bahrayn qiroli Hamadga berilgan faxriy ordenni qaytarishni so‘ragan edi.

Shunga qaramay, sovg‘alar diplomatik munosabatlar ramzi sifatida qabul qilinmoqda.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *