Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Jamiyat

Harbiy xizmatga chaqiruvlar endi elektron shaklda amalga oshiriladi

Nilufar Qobilova 31.05.20251 daqiqa o'qiladi
19

Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tashabbus doirasida, harbiy xizmatga chaqiruvlar endi elektron tarzda yuboriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.

Vazirlik va boshqa davlat idoralari o‘rtasidagi elektron hamkorlikni rivojlantirish va ma’lumot almashinuvini takomillashtirish maqsadida, harbiy xizmatga chaqiruv jarayoni raqamli shaklga o‘tkazilmoqda. Endilikda, fuqarolarga chaqiruv xabarlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali yetkaziladi.

Chaqiruv xabarini olgan fuqaro o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari — tug‘ilganlik guvohnomasi, shaxsiy pasport va harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan muddatda tuman yoki shahar Mudofaa ishlari bo‘limiga yetib kelishi shart.

Xabarnoma, shuningdek, mobil ilovaning “Xabarnomalar” bo‘limida ham aks etadi. Biroq, mazkur tizim hozirda test rejimida ishlamoqda, shuning uchun an’anaviy qog‘ozli chaqiruvlar ham amalda davom etmoqda.

Bundan tashqari, harbiy xizmatga kontrakt asosida kirishni istaganlar endi arizalarini onlayn tarzda, my.gov.uz portali orqali topshirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu yangi tizim fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni sezilarli darajada soddalashtiradi hamda mudofaa tizimining samaradorligini oshiradi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *