Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

  • Bosh sahifa
  • Yangiliklar
  • Toshkentda metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, o‘rniga bepul avtobuslar qatnaydi
Yangiliklar

Toshkentda metro poyezdlari harakati vaqtincha to‘xtatiladi, o‘rniga bepul avtobuslar qatnaydi

Gulhayo Naimova 31.05.20251 daqiqa o'qiladi
30

Toshkent metropolitenining Yer usti halqa yo‘li bo‘ylab harakatlanadigan “Texnopark – Qipchoq” yo‘nalishida 2025-yil 8-iyundan boshlab ikki metro bekati orasida poyezdlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi.

Qarorga ko‘ra, “Turon” (13-bekat) va “Qipchoq” (14-bekat) bekatlari oralig‘ida uch oy davomida rejali profilaktik ishlar olib boriladi. Bu texnik xizmat ko‘rsatish, xavfsizlikni ta’minlash va metro infratuzilmasining ishonchli ishlashini saqlab qolish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Noqulayliklarni kamaytirish uchun mazkur yo‘nalish bo‘yicha “Qipchoq–Quruvchilar–Qipchoq” oralig‘ida katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) bepul qatnovni boshlaydi. Avtobuslar har kuni ertalab soat 05:00 dan kechki 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *