Shopping cart

Sayt xodimlari o‘z oldiga yurtimizda va jahonda ro‘y berayotgan eng muhim voqea-hodisalar haqida tezkor, aniq va xolis axborot berishni o’z oldiga oliy maqsad qilib qo‘ygan.

Sport

Manchester Siti Husanov transferidagi 5 million yevrolik to‘lovni to‘xtatdi

Nilufar Qobilova 30.05.20252 daqiqa o'qiladi
81168

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatida moliyaviy fon bilan bog‘liq yangi burilish yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. 2025-yil yanvar oyida “Manchester Siti” tarkibiga qo‘shilgan futbolchi yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida jalb etilgan to‘rt futbolchidan biri edi.

Husanov dastlab “Chelsi”ga qarshi bahsda zaif o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, keyinchalik “Real Madrid”, “Tottenxem” va “Liverpul” kabi top klublarga qarshi bahslarda o‘zini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi. Shunga qaramay, Angliya Kubogi chorak finalidagi “Bornmut”ga qarshi o‘yindan so‘ng u safdan chiqarildi. Futbolchi o‘sha o‘yinda tanaffusda almashtirilgan edi.

Jurnalist Mamadiyor Muxtorov bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu qarorning ortida moliyaviy sabablar turgan. “Manchester Siti” va Fransiyaning “RC Lens” klubi o‘rtasidagi shartnomada, Husanov mavsumning ikkinchi yarmida kamida 10 o‘yinda ishtirok etsa, klub qo‘shimcha 5 million evro to‘lashi kerak edi. Natijada, futbolchi faqat 9 ta o‘yinda maydonga tushgan va klub bu to‘lovdan qutulgan.

Bu esa uning keyingi o‘yinlarda qatnashmaganini taktik qaror emas, balki iqtisodiy manfaat bilan bog‘liq reja bo‘lganini anglatishi mumkin.

Hozirda Husanovning klubdagi kelajagi mavhum. “Manchester siti” yangi markaziy himoyachi olishni rejalashtirmayotgani, ammo Jonn Stounz va Natan Ake kabi doimiy jarohatlarga uchrayotgan futbolchilarning holati qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoli borligi aytilmoqda.

Shuningdek, klub boshqa himoyachi — Vitor Reisni ham defansiv yarim himoyachi sifatida sinab ko‘rishni rejalashtirmoqda. Unga nisbatan baho 21 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi orqali berilishi mumkin.

Leave a Reply

Sizning elektron pochta manzilingiz e'lon qilinmaydi. Kerakli maydonlar belgilanadi *